Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvdan voz kechdi

© JUNG YEON-JE / AFPLider Severnoy Korei Kim Chen In vo vremya zapuska raketi
Lider Severnoy Korei Kim Chen In vo vremya zapuska raketi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp shimoliy koreyalik hamkasbiga maktub yo‘llab, Singapurda o‘tkaziladigan sammitdan voz kechganini ma’lum qildi

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan 12-iyun sanasiga belgilangan uchrashuvdan voz kechdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Nashr xabariga ko‘ra, Kim Chen Inga xat yo‘llagan va sammit o‘tkazilishidan voz kechish sababini KXDR tomonidan AQShga nisbatan ko‘rsatilgan "ochiq dushmanlik kafiyati" bilan izohlagan.

Prazdnichnie meropriyatiya, posvashennie 105-y godovshine so dnya rojdeniya Kim Ir Sena, v KNDR - Sputnik O‘zbekiston
AQShga u ilgari tasavvur ham qilib ko‘rmagan fojiani ko‘rsatish qo‘limizdan keladi - KXDR TIV

"Taassufki, sizning so‘nggi bayonotingizda namoyon bo‘lgan dushmanlik va ochiqdan-ochiq g‘azabnoklikka tayangan holda, men ushbu uzoq vaqtdan buyon rejalashtirib kelinayotgan uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad yo‘q deb hisoblayman",  deyiladi Oq uy tomonidan tarqatilgan maktubda.

Shuningdek  AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maktubida Kim Chen Inga AQShning yadroviy imkoniyatlari "ulkan"ligini ma’lum qilgan.

"Siz o‘zingizning yadroviy imkoniyatlaringiz haqida gapirasiz, ammo bizniki shu qadar ulkan va qudratliki, men ularni ishlatishga to‘g‘ri kelmasligini so‘rab, Xudoga iltijo qilaman", — deyiladi maktubda.

Yangiliklar lentasi
0