O‘zbekistonlik mutaxassislar bankomat himoyasini "buzish" tanlovida uchinchi o‘rinni olishdi

Obuna bo‘lish
Ushbu anjumanda kiberhimoya bo‘yicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam bo‘lishdi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekiston Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari Moskvada bo‘lib o‘tgan amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro forumda ishtirok etishdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu anjumanda kiberhimoya bo‘yicha yetuk mutaxassislar va xakerlik olamining elitasi, axborot xavfsizligi sohasidagi davlat tuzilmalari hamda yirik biznes vakillari va yosh olimlar jam bo‘lishdi.

"Positive Hack Days" sakkizinchi xalqaro forumi doirasida 15 daqiqada himoya vositalarini aylanib o‘tib, bankomatni buzish va qurilmadan pullarni yechib olish vazifasi qo‘yilgan "Leave ATM Alone" individual tanlovida ishtirok etgan Axborot va jamoat xavfsizligi markazi mutaxassislari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro forumda iqtisodiyotni raqamlashtirishda davlat va regulyatorlarning roli, moliyaviy texnologiyalarning raqamlashtirilishi, o‘ta muhim axborot infratuzilmasining xavfsizligi hamda axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirish va nazorat qilish bo‘yicha choralar, jismoniy xavfsizlikni ta’minlashning uslublari va vositalari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston yagona axborot maydoni yaratishni rejalashtirmoqda

Amaliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro forumda rossiyalik va xorijlik ishlanmalar bo‘yicha mutaxassislar, AX-yekspertlari va xakerlar ishtirok etishadi. Davlat hokimiyati vakillari, yirik mahalliy va chet el kompaniyalari, banklar, telekommunikatsiya, neft va gaz ishlab chiqaruvchi va IT-kompaniyalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ochiq va yopiq formatda davra suhbatlari, shuningdek, mahorat darslari va laboratoriya praktikumlari o‘tkazib kelinadi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi" komputer hodisalari bo‘yicha axborot yig‘ish va tahlil qilish, axborot xavfsizligini ta’minlashga texnik va konsultativ yordam berish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona davlat muassasasi hisoblanadi.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va sohalarida axborotni muhofaza qilishning zamonaviy vositalari va metodlarini yanada rivojlantirish va keng joriy qilishni ta’minlash, shuningdek, milliy internet foydalanuvchilarini hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini axborot xavfsizligiga tahdidlar to‘g‘risida ogohlantirish.

Yangiliklar lentasi
0