Tojikiston Ichki ishlar vaziri Ramazon Raximzoda Toshkentga keldi

© Foto: press-slujba MVD TadjikistanaGlavi MVD Uzbekistana i Tadjikistana - Pulat Bobojonov i Ramazon Raximzoda
Glavi MVD Uzbekistana i Tadjikistana - Pulat Bobojonov i Ramazon Raximzoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qiladi

"Bugun Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi. Ayni damda tashrif doirasida "Hayatt Regency Tashkent" mehmonxonasining konferensiyalar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov va Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Xamro Raximzoda bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish, tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0