TOShKENT, 23-may — Sputnik. Samarqand tumani “Chordara” agrofirma hududi may oyida 30 ga yaqin o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar buzib tashlandi, deb xabar qildi “O‘zbekiston yangiliklari” portali.
Samarqand tumani hokimi Shuxrat Jamolov “Chordara” agrofirmasiga tashrif buyurgandan keyin bu borada tegishli qarorni qabul qildi.
Ayrim shaxslar yer uchastkalarini o‘rab olib, u yerda inshootlarni qurishdi. Imoratlar buzilayotgan vaqtda yashash uchun tayyor bo‘lgan – ayrim egalar yerni devor bilan urab olishgan, boshqalar esa faqat poydevorini qo‘yishgan.
Buzilgan imoratlar hududi agrofirmaga berildi. Ushbu yerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalaniladi.
Bundan tashqari, hududning bir qismini muhtoj bo‘lgan aholiga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha farmonni imzoladi.
2019 yil 1-maygacha mazkur farmon qabul qilingan vaqtga qadar qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga, ya’ni o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ushbu obyektga o‘z shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga e’tirof etiladi.
O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi ko‘chma mulkka bo‘lmagan tan olinishi tan olish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish komissiya tavsiyasiga binoan yoki tuman yoki shahar hokimi qaroriga asosan amalga oshiriladi.