Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra oboroni Rossiyskoy Federatsii Sergeya Shoygu
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra oboroni Rossiyskoy Federatsii Sergeya Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tomoni ikki mamlakat va xalqlari manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng miqyosli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

TOShKENT, 22-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonni tashrifi bilan samimiy qutlar ekan, davlat rahbari O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqchilik munosabatlarining izchil mustahkamlanib borayotgani hamda barcha yo‘nalishlardagi o‘zaro  manfaat li amaliy hamkorlikning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotganidan mamnun ekanligini bildirdi.

Ikki mamlakatning idoralararo, hududlararo va ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi muloqot va almashuvlarning jadallashgani, iqtisodiyot va ijtimoiy sektorning turli sohalaridagi istiqbolli dastur va loyihalarning hamkorlikda amalga oshirilishi, madaniy-gumanitar sohadagi sermahsul hamkorlik alohida qayd etildi.

"Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari, xususan idoralararo uzviy hamkorlik, ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazish, harbiy mutaxassislar tayyorlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Sergey Shoygu O‘zbekiston rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Respublika Qurolli Kuchlarini modernizatsiya qilish va mamlakat mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan keng miqyosdagi islohotlar qo‘llab-quvvatlanishi bildirildi hamda O‘zbekistonning mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik va izchil rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ilgari surayotgan tashabbuslariga yuqori baho berildi.

Rossiya tomoni ikki mamlakat va xalqlari manfaatlari yo‘lida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng miqyosli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0