Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga 52 ta daraxt ekildi

© Foto: MIA «Kazinform”V pamat o sgorevshix uzbekistansax pod Aktubinskom visadili 52 dereva
V pamat o sgorevshix uzbekistansax pod Aktubinskom visadili 52 dereva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Ostona shahar akimligi, biznes va media jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari xotirasiga 52 ta daraxt ekildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. 

Tenge - natsionalnaya valyuta Kazaxstana - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonliklar Aqto‘be fojiasi qurbonlari oilalariga 10 mln tenge yig‘ib berishdi

"2018 yil 19-may kuni Ostona shahrining Botanika bog‘ida Aktobe viloyatida yanvar oyida bo‘lib o‘tgan fojiali yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining xotirasiga 52 ta daraxt ekildi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tadbirda Ostona shahar akimligi, biznes va media jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar tomonidan qayd etilganidek, qozog‘istonliklar O‘zbekistonning 52 nafar fuqarosi halok bo‘lgan fojiali hodisani unutmadilar va bugungi tadbir qurbon bo‘lganlar xotirasiga alohida hurmat belgisi bo‘lib, ularning oilalariga hamdardlik hissiyotlarini namoyish etadi.

18 yanvar soat 10:30 da Aqtobe viloyatining Irgiz tumanida "Samara — Shimkent" yo‘lining 1068 kilometrida, Kalibay posolkasidan 10km masofada "Ikarus" avtobusi yonib ketdi. Avtobus salonida 55 yo‘lovchi va ikki nafar haydovchi bo‘lgan. 52 kishi fojea joyida qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0