Eskpert: AQSh xorijiy talabalarni o‘z manfaatlari yo‘lida o‘qitadi

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Soslan Pliyevning fikriga ko‘ra, AQShning xorijiy talabalarni o‘qitishidan maqsadi – boshqa mamlakatlarda Amerikaga xayrixoh bo‘lgan siyosiy elita yaratishdir.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Janubiy Osetiyalik siyosatshunos Soslan Pliyev Sputnik radiosi bilan bo‘lgan suhbatda AQShning “yumshoq kuchi” nimadan iborat ekanligiga izoh berdi.

Mutaxassis fikriga ko‘ra,vamlakat ichidagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishning bir uslubi — bu turli yo‘llar bilan amerika ideallari va hayot qadriyatlarini namoyish qilish, amerikacha hayot tarzini  targ‘ib qilishdir, lekin eng samaralisi – ta’lim orqali.

Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Paragvay AQSh va Gvatemala ortidan o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirdi

Xorijiy mamlakatlardan iqtidorli yoshlarni tanlab olib, ularni AQSh oliygohlarida o‘qitish, AQSh iqtisodiy va siyosiy tizimini yagona to‘g‘ri yo‘l sifatida namoyish qilish – eng kuchli ta’sirga ega bo‘lgan "yumshoq kuch" turlaridan biridir.

Uzoq muddatli istiqbolda faqatgina ta’lim tizimiga tayangan “yumshoq kuch” — juda muhim siyosiy vazifani amalga oshirish imkonini beradi – ya’ni xorijiy mamlakatlarda AQShga xayrixoh bo‘lgan siyosiy elita tayyorlashni, — deydi ekspert.

Bu borada aniq raqamlar mavjud – bugungi kunda turli mamlakatlarni boshqarayotgan 50 ta rahbar Amerikada o‘qigan.Sobiq prezidentlar orasida esa amerikada o‘qib kelganlar soni – 165tadan ziyod.

International Student portali xabariga ko‘ra, 2014-yilda AQShda 800 ming xorijiy talabalar tahsil olgan, taqqoslash uchun – 1950-yilda ularning soni 35mingta bo‘lgan. Demak, yillar davomida AQSh bunday “yumshoq kuch” qanchalik muhim ekanini juda yaxshi tushunib yetgan.

Aytish joiz-ki, Buyuk Britaniya ham xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanadi. U yerda 300 mingdan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi, Avstriyada – 150 mingga yaqin va ho kazo.   

Amerikada o‘qigan eng mashhur talabalar orasida Gruziya sobiq prezidenti – Saakashvili, Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay, Germaniya sobiq kansleri Shroder, Paragvayning amaldagi prezidenti Orasio Kartes va boshqalar bor.

Yangiliklar lentasi
0