YeI delegatsiyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele
Flagi Yevrosoyuza u zdaniya shtab-kvartiri Yevropeyskoy komissii v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 1996-yilda imzolangan va 1999-yil 1-iyuldan kuchga kirgan.

TOShKENT, 22-may — Sputnik. Yevropa Ittifoqi Kengashining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha Ishchi guruhi rahbari Yutta Edtxofer  O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, turli darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi.

“Alohida e’tibor O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim, shuningdek, YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi Strategiyasi loyihalarini ishlab chiqish masalalariga qaratildi”, - deyiladi TIV xabarida.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 1996-yilda imzolangan va 1999-yil 1-iyuldan kuchga kirgan.

Yevroittifoqning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi 2012-yilda ochilgan. YeIning 2014-2020 yillarda O‘zbekistonga beradigan moliyaviy yordami hajmi 168 million yevro etib belgilangan. Bu mablag‘ sug‘orish tizimini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0