Samarqandda hokimiyat vakilini jarohatlashdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandlik ishsiz fuqaro mast holatda IIB yo‘l xavfsizligi harakati boshqarmasi vakiliga qarshilik ko‘rsatib, uni jarohatlagan

TOShKENT, 22-may- Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazishgani haqida tezkor xabar e’lon qildi.

Uchastok jeleznodorojnogo puti, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Qashqadaryoda YTH: ikki haydovchi elektrovoz bilan to‘qnashuvda halok bo‘ldi

"2018 yil 12-may kuni soat 22:00 larda Samarqand tumanida yashovchi ishsiz S. mast holda o‘zining "Moskvich" rusumli avtomashinasini Samarqand shahrida boshqarib ketayotganida, uni to‘xtatib, Samarqand viloyat narkologiya dispanserida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan viloyat IIB YXHB inspektorlari F. va A. larga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0