O‘zbekistonda dollar konvertatsiya ochilgandan buyon birinchi marta 8 ming so‘mdan pastladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishProverka dollarov na podlinnost
Proverka dollarov na podlinnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda so‘m milliy valyutasi qadri oshmoqda - dollar konvertatsiya ochilgandan buyon birinchi marta 8000 so‘mdan pastladi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Markaziy bank 22-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 27,88 so‘mga kamayib, 7 997,95 so‘mni tashkil qildi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, 2017-yil sentabrdagi valyuta liberalizatsiyasi boshlanganidan beri dollarning Markaziy bank kursi birinchi marta 8000 so‘mdan pastga tushdi.

Yevro kursi esa 200,50 so‘mga pasayib, 9 396,79 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,26 so‘mga tushdi va 128,37 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0