TOShKENT, 21-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Kreml matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, telefon muloqoti davomida O‘zbekiston prezidentining 2017-yil aprelida Rossiyaga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi muhokama qilingan.
Tomonlar ikki davlatning siyosiy- savdo-iqtisodiy va boshqa sohalarda hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro manfaatdorligini tasdiqlashgan.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev yaqinda AQShga amalga oshirgan rasmiy tashrifi taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan.