Xitoy delegatsiyasi bilan yoshlar tarbiyasiga oid masalalar muhokama qilindi

© Xokimiyat g. TashkentaKitayskaya delegatsiya v xokimiyatie Tashkenta
Kitayskaya delegatsiya v xokimiyatie Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoylik mehmonlar bilan “Bir yo‘l bir poyezd” loyihasi bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkaziladigan yoshlar festivaliga tayyorgarlik darajasi va boshqa masalalar borasida kelishib olindi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Xitoy Xalq diplomatiyasi strategiyasini o‘rganish markazi direktori Li Sinyuy xonim  bir guruh delegatsiya  a’zolari bilan Toshkent shahar hokimligi qabulida bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Szan Yan, Posol KNR v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

Mehmonlar bilan 2018-yil avgust- sentabr oylarida Toshkent, Samarkand, Buxoro shaharlarida O‘zbek- Xitoy yoshlari o‘rtasida “Bir yo‘l, bir poyezd” loyixasi bo‘yicha o‘tkaziladigan yoshlar festivaliga tayyorgarlik darajasi xaqida kelishib oldilar va yoshlarni tarbiyalash borasida tajriba almashish xaqida reja tuzildi.

Yoshlar ittifoki Toshkent shaxar kengashi bir gurux azolari Xitoy respublikasiga taklif kilindi. Madaniyat va san’at soxasida xam ko‘p takliflar muxokama qilindi.

“Kelajagimiz bo‘lgan farzandlar tarbiyasi xammamiz uchun muxim, ularni bog‘cha yoshidan xayotga tayyorlab borishimiz kerak”, —  deb takidladi Toshkent shaxar xokimi o‘rinbosari Shuxrat Bokiyevich.

“Bolalar tarbiyasiga xammamiz ma’sulmiz, shunday ekan biz tarbiyachi,o‘kituvchilarimizni yurtingizga  tajriba almashish uchun olib kelamiz, shu o‘rinda sizlarni xam taklif kilamiz”-  dedi — LI Sinoy xonim. Ikki tomonlama sport sohasida xam hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Delegatsiya vakillari yurtimizda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar yukori darajada  ekanligini, xamma imkoniyatlar borligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib tanishib chikkanliklarini xavas bilan gapirib berdilar.

Yangiliklar lentasi
0