Moskva markazida muzli g‘or paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Kremlning yonida joylashgan “Zaradye” bog‘ida antiqa attraksion – “Muzli g‘or” ochildi.

G‘or ichida havo harorati minus sun’iy muzlatgich yordamida 5 gradusdan past ushlab turiladi. Ulkan inshootning barcha devorlari, ustunlarida minglab ingichka trubkalar bilan qoplangan. Ularning ichida tunu-kun muzlatuvchi suyuqlik harakatlanib turadi. Shuning evaziga inshootning barcha devorlari, ustunlarida tabiiy yo‘l bilan qirov va muz hosil bo‘ladi.

Ushbu g‘oya “Zaradye” bog‘ining muallifi bo‘lgan amerikalik arxitektura burosi Diller Scofidio + Renfro kompaniyasi tomonidan taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, “Zaradye” bog‘i  Kremlning yonginasida joylashgan. Bir vaqtlar ulkan va ko‘rimsiz bo‘lgan Ssovet Ittifoqi davrida qurilgan “Rossiya” mehmonxonasi o‘rniga barpo etilgan.

Shaharning qoq markazida joylashgan ushbu hududda, sobiq mer Lujkov davrida, mehmonxona va biznes markazi qurish rejalashtirilgan edi, lekin keyinchalik, mahalliy aholi xoxish va istaklarini inobatga olib, bu yerda bog‘ barpo etishga qaror qilindi.

O‘tgan yil ochilgan “Zaradye” bog‘i haqiqatdan ham kishini hayratga soladi. Uning usti ulkan shisha zontik bilan qoplangan va ichida maxsus sun’iy iqlim yaratilgan.  Bu yerni dunyoning turli burchaklarida o‘sadigan o‘simlik va gullar qishin-yozin bezab turadi.

Yangiliklar lentasi
0