“Jasorat” monumenti atrofi ko‘rkam madaniy xordiq chiqarish maskaniga aylanadi

© Sputnik / StringerVozlojenie svetov k monumentu "Mujestvo" proshlo v Tashkente
Vozlojenie svetov k monumentu Mujestvo proshlo v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Jasorat” monumenti atrofi shaharsozlikning zamonaviy talablari asosida tubdan yangilanib, bu yerda aholining ko‘ngildagidek xordiq chiqarishi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, shahar markazida joylashgan “Jasorat” monumenti va uning atrofi butunlay yangi qiyofaga ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri Toshkent shahar hokimligi xabariga asosan.

“Ushbu maydon shaharsozlikning zamonaviy talablari asosida tubdan yangilanadi. Bu yerda aholining ko‘ngildagidek xordiq chiqarishi uchun keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshiriladi”, — deyilgan xokimiyat xabarida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ta’mirlash ishlari munosabati bilan monument oldidan o‘tgan piyodalar yo‘lagi vaqtincha yopilishi va ushbu noqulaylik uchun poytaxt hokimligi aholidan uzr so‘rashi ham aytib o‘tilgan.

Jasorat maydoni va uning atrofi ta’mirlanganidan so‘ng qanday qiyofaga kirishini quyidagi bannerlarda ko‘rish mumkin.

© Xokimiyat TashkentaJasorat maydonining bo‘lajak qiyofasi
Maket rekonstruksii memorialnogo kompleksa Mujestvo - Sputnik O‘zbekiston
Jasorat maydonining bo‘lajak qiyofasi
Eslatib o‘tamiz, “Jasorat” monumenti 1970-yilning 20-mayida ochilgan edi. Yodgorlik markazida joylashgan qora marmar toshning bir tomonida Toshkentda yuz bergan zilzila sanasi 1966-yilning 26-apreli, ikkinchi tomonida zilzila vaqti – soat 5:24 tasvirlangan.

Qoq o‘rtasidan darz ketgan  ushbu marmartosh zilzilani, yer qobig‘ining yorilishini aks ettiradi. Yoriq esa undan bir necha metr narida turgan hayokalning poyiga qadar davom etgan. Haykalda tasvirlangan matonatli erkak ushbu tabiiy ofatni go‘yoki o‘z ko‘kragi bilan qaytarib turgandek, ayol kishi esa yosh go‘dakni bag‘riga bosgan holda uni asrab qolmoqda.

Haykalning orqa tomonida esa yettita yo‘lak tasvirlangan bo‘lib, ushbu yo‘laklar Toshkent shahriga zilziladan keyin sobiq Ittifoqning qardosh respublikalari tomonidan ko‘rsatilgan yordamni aks ettiradi.

© Xokimiyat TashkentaJasorat maydonining bo‘lajak qiyofasi
Maket rekonstruksii memorialnogo kompleksa Mujestvo - Sputnik O‘zbekiston
Jasorat maydonining bo‘lajak qiyofasi

 

 

Yangiliklar lentasi
0