TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kubada yo‘lovchi samolyoti qulashi munosabati bilan Kuba Davlat kengashi va Vazirlar kengashi raisi Migel Mario Dias-Kanelga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 18-may kuni Kuba poytaxti Gavanada Boeing-737 samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortida 110 kishi bo‘lgan. Halokat joyida omon qolgan 4 kishi topildi, ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etdi.
Meksika Transport vazirligining xabar qilishicha, samolyot 1979-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lgan, lekin foydalanish uchun barcha zarur hujjatlarga ega bo‘lgan.