Farg‘onaning Buvayda tumanida MIB ijrochisiga chopqi bilan jarohat yetkazildi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dodho MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs MIB xodimining boshiga chopqi bilan urib jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida MIB ijrochisiga jarohat yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 18-may kuni Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida Majburiy ijro burosi bo‘limi davlat ijrochisi B.B. MIB xodimlari bilan birgalikda "Yangiqo‘rg‘on" avtoshohbekatida joylashgan "Mahbuba Zulfiya" MChJga tegishli noqonuniy ravishda qurilgan devor va metall darvozani buzdirib majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun boradi.

Dodho MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. xodimlarning ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib, B.B.ning boshiga chopqi bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada B.B kasalxonaga yotqizilgan. Unga jarohat yetkazgan shaxs ushlangan.

Yangiliklar lentasi
0