Shavkat Mirziyoyev Andijonda xalq farovonligini qanday oshirish mumkinligini aytdi

Obuna bo‘lish
Prezident Andijon viloyati misolida "Har bir oila tadbirkor" dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi

Prezident Andijon viloyati misolida "Har bir oila tadbirkor" dasturi konsepsiyasi bilan tanishdi. Davlat rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu konsepsiya mehnat bilan band bo‘lmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka o‘rgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan, deb yozadi prezident matbuot xizmati.

"Andijonda aholi zich joylashgan. Bir-ikkita zavod bir foiz aholiniyam ish bilan ta’minlay olmaydi. Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin. Xonadonlarga mablag‘ kiritsak, zarur uskunalar berib, aql bilan ishlashni o‘rgatsak, odamlar o‘zini o‘zi boqadi. Uyiga buyum oladi, bolasiga kitob olib beradi, soliqqa, elektrga pul to‘laydi, budjetga mablag‘ tushadi. Bir yildan keyin sarflagan pulimiz ikki barobar bo‘lib qaytadi. Iqtisodiy mexanizm mana shunday bo‘lishi kerak", dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev tadbirkor va hunarmandlar yetkazib beradigan mahsulotlar sig‘imini aniqlash, odamlar sotib oladigan tovarlar ishlab chiqarish, xususan, parrandachilik va baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Yangiliklar lentasi
0