Surxondaryoda sel kelishi sababli 750dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoNa ulitse posle sxoda selevogo potoka
Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sel oqibatlarini bartaraf qilish uchun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi rahbarligida tezkor shtab tuzildi.

TOShKENT, 19-may — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Elobod, Azlarsoy va Bog‘or mahallalari hududidagi 116ta uyda yashovchi 754 nafar aholini evakuatsiya qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22-maygacha sel kelish xavfi mavjud

"18 may soat 17.40da uchta mahalla hududida sel oqimi kuzatilib, bir qism uylarni suv bosdi. Natijada aholi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilindi", — deb ma’lum qildi FVV.

Sel oqibatlarini bartaraf qilish uchun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida tuman hokimi rahbarligida tezkor shtab tuzildi. Shtab tarkibidan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar bo‘limi, kommunal xizmat va boshqa tegishli tashkilotlar o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22-maygacha sel kelish xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.

14 may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida sel oqimi natijasida 62 xo‘jalikka zarar yetgan, 16-may kuni esa Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 5 nafar inson halok bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0