Tramp: Bu ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boshlanishi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident SShA Donald Tramp
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati prezident Donald Trampning O‘zbekiston prezidentining AQShga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi ishtirokchilariga murojaati o‘qib eshittirilgan lavhani havola etdi.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 15-17 may kunlari ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

Mirziyoyev tashrifi doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp, AQSh Kongressi kongressmenlari, AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Tashrif davomida O‘zbekiston va AQSh kompaniyalari o‘rtasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolandi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati prezident Donald Trampning O‘zbekiston prezidentining AQShga rasmiy tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimi ishtirokchilariga murojaati o‘qib eshittirilgan lavhani taqdim etdi.

Tramp o‘z murojaatida Amerika xalqi nomidan Shavkat Mirziyoyevga uning Oq uyga amalga oshirgan tarixiy tashrifi uchun minnatdorlik bildirdi.

"Markaziy Osiyoda murakkab masalalar va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotgan bir paytda muloqotimiz strategik sherikligimizni yangilashga yordam berdi. Men Amerikaning mintaqadagi ta’minot yo‘llarini qo‘llab-quvvatlash uchun prezident Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar va Afg‘oniston bilan aloqalarni yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy loyihalarni sarmoyalashga bo‘lgan safarbarligi uchun u rahbarlik qilayotgan mamlakatga hurmatimni izhor qilaman", — dedi AQSh prezidenti.

Donald Tramp murojaatida bu yangilangan hamkorlik va ikki mamlakat oldidagi yanada yorqin kelajakning boshlanishi ekanligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0