O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz quvuri qurilishida ishtirok etadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishStrani mira. Afganistan
Strani mira. Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin vaqt ichida O‘zbekistonlik mutaxassislar guruhi gaz o‘tkazgich qurilishi va geologik razvedka masalalarini muhokama qilish uchun Afg‘onistonga keladi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston “Shibergan - Mozori Sharif” gaz quvuri qurilishini birgalikda amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

“Qisqa vaqt ichida O‘zbekistonlik mutaxassislar guruhi Afg‘onistonga keladi. Biz geologik razvedka bo‘yicha bir necha loyihalar va Shibirgandan Mozori Sharifga gaz o‘tkazgich qurilishini muhokama qilamiz. Bu uzunligi 94 km bo‘lgan ichki gaz quvuri bo‘ladi. Uning qurilishida O‘zbekiston ishtirok etadi”, - dedi Afg‘oniston shaxta va neft vaziri v.b. Nargis Nixan.

Vazir v.b. aytishiga qaraganda, o‘zbekistonlik mutaxassislar joyidagi sharoitlar bilan tanishib ish hajmini baholaganlaridan so‘ng loyihaning detallari aniq bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston TAPI loyihasida ishtirok etadi

Shuningdek, Nixan O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri gaz o‘tkazgich qurilishiga ham izoh berdi.

“Ayni damda ushbu masala muhokama qilingani yo‘q, lekin Afg‘onistonda tabiiy gazga talab oshib borayotgani tufayli, bunday loyiha kelajakda paydo bo‘lishi mumkin dedi”, - Nixan.   

Oxirgi bir yarim yil ichida O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ikki tomonlama savdo-sotiqning nafaqat hajmi, balkim tarkibi ham kengayib bormoqda.

2017  yilda o‘zaro savdo-sotiq 600 million dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018-yilning boshida ushbu ko‘rsatgich 30% o‘sish namoyish qildi. Yaqin yillar ichida mahsulot ayrboshlash hajmi 1,5 milliardga yetishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0