O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish 11,4 baravarga ko‘paydi

© Sputnik / StringerVistavka v Tashkente
Vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yanvar-aprel oylarida yuk mashina va avtobuslar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davrga nisbatan 48 foizga kamaydi.

TOShKENT, 17-may — Sputnik. 2018-yil yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarish 11,4 baravarga ko‘paydi (2018 yilda — 806 dona, 2017-yilda — 71 dona). Yuk mashina va avtobuslar ishlab chiqarish 48 foizga kamaygan.

Zagotovka sena v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan traktor va yuk mashinalar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi

Yil boshidan jami 144 dona avtobus ishlab chiqarildi. O‘tgan yil shu davr mobaynida 300 dona avtobus ishlab chiqarilgandi. Yuk mashinalar esa 854 dona ishlab chiqarildi (2017 yilda 1204 dona).

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yil yanvar-aprel oyida respublika korxonalari tomonidan 60,3 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish surati 111,6 %ni tashkil etdi", — deyilgan Davlat statistika qo‘mitasi xabarida.

2018 yilda respublikada quyi texnologiyali tamoqlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu sanoat yo‘nalishida uning ulushi 40,2 %ni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0