O‘zneftegaz va SOCAR geologik razvedka olib borish haqida kelishib olishdi

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishShtangoviy nasos
Shtangoviy nasos - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zbekneftegaz" ikkinchi tomondan BP va SOCAR orasida O‘zbekistonda joylashgan neft va gaz konlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston hududida geologik razvedka ishlari olib borish haqida memorandumlar imzolandi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. BP Exploration va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyalari O‘zbekistonda geologik razvedka ishlari olib borish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ushbu hamkorlik haqidagi ikki memorandum toshkentda bo‘lib o‘tayotgan  "O‘zbekiston nefti va gazi — OGU 2018" ko‘rgazmasi doirasida imzolandi.

Bir tomondan “O‘zbekneftegaz" ikkinchi tomondan BP va SOCAR orasida O‘zbekistonda joylashgan neft va gaz konlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston hududida geologik razvedka ishlari olib borish haqida memorandumlar imzolandi.

“Imzolangan hujjatlar geologik razvedka ishlari o‘tkazishni nazarda tutgan. Ushbu ishda BP bizga hamrohlik qiladi. Undan tashqari biz o‘zbek korxonalarini Ozarbayjonda geologik razvedka olib borishda ishtirok etishini ham muhokama qilmoqdamiz”, — dedi SOCAR vitse-prezidenti Baxram Guseynov Sputnik muxbiriga.  

Imzolangan hujjatlar O‘zbekistonda yetakchi xorijiy texnologiyalarni qo‘llagan holda geologik razvedka ishlari olib borish imkonini yaratadi, yangi konlari ochishga va mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishga imkon beradi.  

Eslatib o‘tamiz,oxirgi yillar davomida O‘zbekiston hududida 211ta uglevodorod xom-ashyosi konlari ochildi. Ulardan 108ta – gaz va gaz kondensati konlari, 103ta – neft gaz konlaridir. Eng so‘nggi topilmalardan biri bu – Ust Yurt platosidagi Quyi Surgil konidir. Bu yerda 3,6 ming metr chuqurlikda gaz kondensati koni topilgan.

Yangiliklar lentasi
0