TOShKENT, 16-may — Sputnik. KXDR Kim Chen In va Tramp muzokaralari bo‘yicha shart e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Ge Gvan Shimoliy Koreyadan qachon ijobiy javob yangrashi mumkinligini ham ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Tramp ma’muriyati oliy darajadagi muzokaralar zamirida avvalo amerika-koreya munosabatlari yaxshilanishi maqsadi turishi lozim.
Ge Gvan shuningdek, agarda KXDR faqat yadro qurolidan voz kechish bo‘yicha bir tomonlama talablarni eshitadigan bo‘lsa, Pxenyan uchun bunday muloqotning umuman qizig‘i yo‘qligini ma’lum qilgan.
"Bu holda KXDR va AQSh o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan muzokaralarga rozi bo‘lish to‘g‘risidagi masalani qayta ko‘rib chiqishdan boshqa ilojimiz qolmaydi", — degan vazir.
Tramp va KXDR yetakchisi Kim Chen In o‘rtasidagi muzokaralar 12-iyun sanasida Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.