Tramp Mirziyoyevga: "Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf"

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome
Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp na vstreche v Belom dome - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq Uy rahbari Donald Tramp bilan uchrashdi

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-may kuni Oq uyda Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va O‘zbekiston korxonalari orasida imzolangan shartnomalar ro‘yxati

Tramp Mirziyoyevni rasmiy tashrif bilan qutlab, O‘zbekiston AQSh uchun muhim davlat, strategik sherik ekanini qayd etdi.

"O‘zbekistonning obro‘-e’tibori oshib bormoqda. Siz bilan Oq uyda uchrashish biz uchun sharaf", — dedi AQSh prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, AQSh O‘zbekistonni izchil qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladi.

"O‘zbekiston va AQShdagi Prezident saylovlaridan keyin mamlakatlarimiz munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugun qabul qilinadigan «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi» nomli Qo‘shma bayonot o‘z nomi va mohiyati bilan ko‘p narsani anglatadi. Tomonlarning uzoq kelajakka mo‘ljallangan intilishlaridan dalolat beradi",  — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Oliy darajadagi ushbu uchrashuv yangicha siyosiy muhitda kechayotgani bilan ahamiyatli. Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp deyarli bir paytda prezidentlik lavozimiga kirishgan, shundan so‘ng ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar bosqichma-bosqich faollashib kelayotgan edi.

Turli darajadagi delegatsiyalar O‘zbekiston va AQShda bo‘ldi. Davlat rahbarlari 2017-yil may oyida Ar-Riyod shahrida va sentabrda Nyu-Yorkda uchrashdi. Dekabrda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga rasmiy tashrif buyurishga taklif etgan edi. "Bu davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar xalqaro miqyosda tan olinayotganini anglatadi", — deyiladi matbuot-xizmati xabarida.

Yangiliklar lentasi
0