Arab davlatlari ligasi Quddus bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishProtesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim
Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq panarab tashkiloti Isroil armiyasi tomonidan falastinlik namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilishini keskin qoralab, Vashingtonning elchixonani ko‘chirish bo‘yicha harakatlarini noqonuniy deb atagan edi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Arab davlatlari ligasi (ADL) doimiy vakillar darajasida Qohirada o‘tkazilgan majlis davomida panarab tashkilotiga a’zo davlatlar TIV rahbarlari e’tiboriga taqdim etiladigan rezolyutsiya loyihasini ma’qulladi, deb xabar qildi payshanba kuni Saudiya Arabistonining ADLdagi doimiy vakili Usama Nakli.

Uchastniki protestov na territorii Ramalli v Palestine protiv resheniya SShA o priznanii Iyerusalima stolitsey Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Gvatemala AQShga taqlid qilib o‘z elchixonasini Quddusga ko‘chirdi

"Bugun payshanba kuni TIV rahbarlari favqulodda majlisida ko‘rib chiqiladigan va qabul qilinadigan rezolyutsiya loyihasi ishlab chiqildi va bir ovozdan ma’qullandi", — dedi suadiyalik diplomat. Shu bilan birga u rezolyutsiya tafsilotlarini ochiqlamagan va faqatgina hujjat arab davlatlarining Quddus bo‘yicha barchaga ma’lum bo‘lgan pozitsiyasiga asoslanganligini qayd etib o‘tgan.

ADLning rasmiy vakili Xusam Zaki o‘z navbatida, tashkilot kotibiyatiga AQShning elchixonani Quddusga ko‘chirish bo‘yicha qaroriga qarshi turish uchun qator choralar majmuini ishlab chiqish topshirilganini ma’lum qilgan.

Arab davlatlari ligasi AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishi, shuningdek, ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan chorshanba kuni tashkilotga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari darajasida navbatdan tashqari majlisni o‘tkazmoqda. Payshanba kuni Qohirada arab davlatlari tashqi ishlar mahkamalari rahbarlari to‘planadilar.

Ilgariroq panarab tashkiloti Isroil armiyasi tomonidan falastinlik namoyishchilarga qarshi kuch ishlatilishini keskin qoralab, Vashingtonning elchixonani ko‘chirish bo‘yicha harakatlarini noqonuniy deb atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0