Bosh prokuratura 700 ming dollar olgan prokuratura xodimi haqidagi xabarlarga izoh berdi

© pixabayDollari SShA
Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura tergov siri nuqtayi nazaridan jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi internetda tarqalgan 700 ming dollar olgan prokuratura xodimi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

"Internet tarmog‘ida muqaddam tuman prokurori katta yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs poytaxt fuqarosi va "Turkiston" banki xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha masalalarini "hal qilib berish"ni va’da qilganligi xaqida xabar tarqalgan. Shuningdek, materialda u 700 ming AQSh dollari pora sifatida olinganligi qayd etilgan", — deyiladi unda.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda yuqoridagi holat bo‘yicha 2013-yilda XOATB "Turkiston bank" xodimlariga nisbatan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi doirasida qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasini o‘zgartirib berish uchun 300 ming dollarni aldov va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan olganligi yuzasidan bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchilar mansabdor shaxslar hisoblanmaydi va xech qanday xizmat mavqeyiga ega emas. Toshkent viloyati Nurafshon shahar prokuraturasining ish yurituvida prokuratura organlarining sobiq hodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud emas", — deyiladi Bosh prokuratura tomonidan.

Bosh prokuratura tergov siri nuqtayi nazaridan jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar hozirda oshkor qilinishi maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0