Toshkentdagi Rossiya elchixonasi migratsiya va konsullik masalalari bo‘yicha seminar o‘tkazadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto
Inostrannie grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Seminarda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi mudiri I.Fetisov va Rossiya IIVning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etishadi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. Toshkentdagi "Poytaxt" biznes-markazida Rossiyadagi mavjud migratsion qonunchilik va konsullik masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.

Xabarda bildirilishicha, seminar 25-may kuni soat 18:00da boshlanadi.

Tadbirga tashrif buyurganlar zarur maslahatlar olishi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishi mumkin. Seminarda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi mudiri I.Fetisov va Rossiya IIVning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etishadi.

Seminarda qatnashish istagida bo‘lganlar konsullik bo‘limining (+998 71) 140-72-00 raqamli telefoni, info@pravouz.com, consul.tashkent@mid.ru elektron pochtasi yoki Facebook sahifasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

Yangiliklar lentasi
0