Isroilga "axloqni o‘rgatma", deb maslahat berdi Netanyaxu Erdo‘g‘onga

© REUTERS / Ronen ZvulunPremyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu
Premyer-ministr Izrailya Benyamin Nitanyaxu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Turkiya prezidenti Isroil va AQShdan o‘z elchilarini chaqirib olgan edi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onni XAMAS radikal harakatini qo‘llab-quvvatlovchi deb atadi va "axloqqa o‘rgatmaslikka" chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Turkiya Isroil elchisiga mamlakatdan chiqib ketishni taklif qildi
"(Turkiya prezidenti, tahr.) Erdo‘g‘on — XAMASning eng yirik tarafdorlaridan biri, u, shubhasizki, terrorizm va qirg‘in nimaligini tushunadi. Erdo‘g‘onga bizni axloqqa o‘rgatmaslikni maslahat beraman", — deyiladi Netanyaxu matbuot-xizmati xabarida.

Ilgariroq Turkiya prezidenti Isroilning o‘nlab falastinliklarning o‘limiga olib kelgan G‘azo sektoridagi harakatlari munosabati bilan Anqara Vashington va Tel-Avivdan maslahatlashuv uchun o‘z elchilarini chaqirib olish qarorini qabul qilgani haqida bayonot bergan edi. Erdo‘g‘on shuningdek Isroilni terrorchi devlat deb atab, uning falastinliklarga nisbatan harakatlarini — genotsid, deb baholagan edi.

G‘azo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Bunga Isroil davlatining barpo etilganiga 70-yil to‘lishi va ushbu sana munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi sabab bo‘ldi.

Isroillik askarlar va falastinliklar o‘rtasida ro‘y bergan qonli to‘qnashuvlar oqibatida, halok bo‘lganlar soni 61 nafarga yetdi, 2,7 ming nafardan ziyodi jarohatlandi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0