Artistlar va madaniyat sohasi xodimlari maoshi salkam ikki baravar oshadi

Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane
Dni kulturi Uzbekistana v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Madaniyat sohasi xodimlari kvalifikatsion kategoriyalarga bo‘linib, kategoriya va ish stajiga qarab maoshi miqdori oshiriladi.

TOShKENT, 15 may — Sputnik. Ushbu yilning 1-iyunidan boshlab madaniyat sohasi xodimlarining oylik maoshi 45%ga oshiriladi. Bu haqida yaqinda imzolangan prezident qarorida aytib o‘tilgan.

Gap “davlat madaniyat muassasalarining ma’muriy va badiiy boshqaruv xodimlari, artistlar, ijodkorlar, sohaning boshqaruvchi  xodimlari hamda davlat arxivlari mutaxasisslari haqida ketmoqda”, — deyilgan hujjat matnida.

Undan tashqari har bir kvalifikatsion kategoriya uchun maosh asosi belgilanadi hamda oylik maosh miqdorida ish staji ham hisobga olinadi.

Konsertlar va ommaviy ko‘ngilochar tadbirlar tashkil qiladigan korxonalar uchun soliq miqdori 30 %dan 5% gacha kamaytiriladi.

Yangiliklar lentasi
0