BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektoridagi vaziyatni muhokama qilmoqda

© Sputnik / Axmet Abed / Mediabankka o‘tishAksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya
Aksii protesta na granitse sektora Gaza i Izrailya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik Kengashi seshanba kuni G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilishni mojaroda halok bo‘lgan falastinliklar va isroilliklar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlash bilan boshladi

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Bir daqiqalik sukut BMT XKda raislik qilayotgan Polsha davlati taklifi bilan e’lon qilindi, deb xabar qilmoqdv RIA Novosti.

Protesti protiv perenosa posolstva SShA iz Tel-Aviva v Iyerusalim - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni AQSh elchixonasining Quddusga ko‘chirilishini tan olmaydi
"Men kuni kecha G‘azo sektorida halok bo‘lganlar, shuningdek, uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan mojaro oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar va isroilliklar xotirasiga bir daqiqalik sukut bilan hurmat bajo keltirmoqchiman", — deb aytgan Polsha vakilasi.

G‘azo sektorida norozilik namoyishlari dushanba kuni, Isroil davlati tashkil topganining 70-yilligi hamda ushbu yubiley sana munosabati bilan AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi tufayli bo‘lib o‘tdi.

G‘azo sektori chegaralarida Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan falastinliklar soni 61 nafarga yetdi. Falastinlik yetakchi Mahmud Abbos uch kunlik motam e’lon qildi. Mart oyi oxiridan buyon G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 100 nafardan oshdi, deb xabar qildi BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus muvofiqlashtiruvchisi Nikolay Mladenov.

"30 martda norozilik namoyishlari boshlanganidan buyon 100 kishi o‘ldirildi, shu jumladan 13 nafar bolalar, ulardan teng yarmi — kuni kecha bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda halok bo‘ldi", — deb aytgan Mladenov BMT XK majlisida.

Yangiliklar lentasi
0