Gruziya va O‘zbekiston tadbirkorlari nimalarni muhokama qilishdi

Obuna bo‘lish
Biznes-forumda avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, alkogolli ichimliklar, elektrotexnika va qurilish materiallari sohalari vakillari qatnashishdi.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Tbilisida bo‘lib o‘tgan birinchi gruzin-o‘zbek biznes-forumida O‘zbekistondagi 12 yirik kompaniya, o‘nlab gruzin kompaniyalari hamda ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi, deb yozadi Sputnik Gruziya.

Gruzovie vagoni - Sputnik O‘zbekiston
Gruziya O‘zbekiston uchun tranzit yuk tashish narxini ikki baravarga arzonlashtirdi

"Biz O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladik. Bu ikki mamlakat xususiy sektorlari o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish va rivojlantirish uchun ilk qadam deb o‘ylayman", — dedi Gruziya savdo-sanoat palatasi prezidenti Nino Chikovani "Novosti-Gruziya" AAga bergan intervyusida.

Biznes-forumda avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, alkogolli ichimliklar, elektrotexnika va qurilish materiallari sohalari vakillari qatnashishdi. O‘zbekistonlik mehmonlar orasida milliy avia va temir yo‘l kompaniyalari vakillari ham bor edi.

"Biz turizm, vinochilik sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Bu yo‘nalishlarga qiziqish yuqori. Bundan tashqari, maishiy elektronika bo‘yicha ham hamkorlik rivojlanmoqda", — dedi O‘zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shamil Burnashev.

Birinchi gruzin-o‘zbek biznes-forumi Gruziya Savdo-sanoat palatasi va Gruzin-o‘zbek biznes-assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0