Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s premyer-ministrom Armenii N. Pashinyanom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s premyer-ministrom Armenii N. Pashinyanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Armaniston yangi siyosiy rahbari uchun Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuv - birinchi xorijiy safar bo‘ldi. Unda Rossiya prezidenti ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy tomonga harakatlanayotganini qayd etdi.

TOShKENT, 14 may — Sputnik. Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin Armaniston yangi saylangan bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Armaniston yangi siyosiy rahbari uchun Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuv — birinchi xorijiy safar bo‘ldi. Unda Rossiya prezidenti ikki tomonlama munosabatlarning ijobiy tomonga harakatlanayotganini qayd etdi. Xususan, ikki mamlakat orasida mahsulot ayrboshlash hajmi 25% oshgani va Armanistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importi tezlik bilan oshib borayotgani qayd etildi.

Kandidat v premyer-ministri Armenii Nikol Pashinyan v Natsionalnom Sobranii Armenii (8 maya 2018). Yerevan - Sputnik O‘zbekiston
Nikol Pashinyan Armaniston bosh vaziri bo‘ldi

Pashinyan o‘z navbatida Moskva bilan harbiy-texnik sohadagi aloqalarni rivojlantirish niyatida ekanini va Armaniston hech qachon ikki mamlakatning harbiy hamkorligini shubha ostiga qo‘ymaganini xabar qildi. Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Armaniston yanga rahbariyati ikki mamlakat orasidagi savdo-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga yangi impuls berish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Armaniston muxolifati vakili bo‘lgan Pashinyan, salkam bir oy davom etgan namoyshlardan keyin 8-may kuni bosh vazir etib saylangan edi. Uning raqibi, Armaniston sobiq prezidenti Serj Sargsan butun mamlakat bo‘ylab bo‘lib o‘tgan namoyishlardan keyin iste’foga chiqishga majbur bo‘lgan edi.  

Yangiliklar lentasi
0