“Pravda Vostoka” gazetasiga yangi bosh muharrir tayinlandi

Obuna bo‘lish
“Pravda Vostoka”ning bosh muharriri Abbasxon Usmonovga “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanib nafaqaga chiqdi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekistonning yetakchi rasmiy gazetalaridan biri bo‘lgan “Pravda Vostoka”ning bosh muharriri Abbasxon Usmonovga “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlanib nafaqaga chiqdi.

"Gazetaning yangi bosh muharriri etib Salim Musurmonovich Doniyorov tayinlandi. 47-yoshli yangi bosh muharrir 2017-yildan buyon Prezident apparatida turli lavozimlarda ishlab kelgan", — deyilgan xabarda.

Salim Doniyorov 1970-yilda Samarqand viloyatining Poyariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha – filolog. Doniyorov Moskvadagi davlat pedagogika universitetini hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining biznes maktabini bitirgan.

Doniyorov 2001-yildan “Xalq so‘zi” gazetasining muxbiri sifatida, 2007-2017 yillarda esa ushbu nashrning bosh muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, “Pravda Vostoka” – O‘zbekistonning eng eski gazetalaridan biridir. Nashr o‘z faoliyatini 1917-yilda boshlagan. Gazeta O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tasarrufida faoliyat yuritadi va O‘zbekiston Hukumatining rasmiy axborot manbai hisoblanadi.

"Xalq so‘zi" xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0