TOShKENT, 14-may — Sputnik. Markaziy bank 15-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 33,41 so‘mga kamayib, 8 025,83 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 41,56 so‘mga pasayib, 9 597,29 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 0,90 so‘mga ko‘tarilib, 129,63 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.