Jan Reno “Xo‘ja Nasriddin” filmida suratga tushadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishFransuzskiy akter Jan Reno
Fransuzskiy akter Jan Reno - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyalik super yulduz Jan Reno O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida suratga olinadigan “Xo‘ja Nasriddin” filmida suratga tushishga rozi bo‘ldi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik.  Fransiyalik super yulduz Jan Reno “Xo‘ja Nasriddin” filmida suratga tushadi, deb xabar qilmoqda “Xalq So‘zi” nashri.

Ushbu haqidagi kelishuvga Kann festivali doirasda erishilgan. Butun dunyo kinematograflarini bir yerga to‘plagan Kann xalqaro kinofestivalida O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolagan.

Ushbu memorandumga muvofiq 2018-yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmining suratga olish ishlari boshlanadi.

“Renovatsio” kinokompaniyasi produseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan mazkur filmda rol ijro etish uchun super yulduz Jan Reno ham taklif etilgan. Jan Reno tomonidan mazkur taklif ijobiy qabul qilingan”, — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi. Ushbu loyiha oriali o‘zbekistonlik mutaxassislar ish bilan ta’minlanishi, o‘zaro tajriba almashishi, hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jan Reno (Xuan Moreno) 1948-yilda Kasablankada tug‘ilgan. Kino sohasida Jan Reno 1980-yillarda yosh rejisser Lyuk Bessonning filmlari orqali mashhurlikka erishgan. Dastlab “Yer osti yo‘li”, “Moviy tubsizlik”, “Nikita”, “Leon”, keyin “Kod da Vinchi”, “Vasabi” kabi o‘ta ommaviy va muvaffaqiyatli filmlarda suratga tushgan. Jan Reno ko‘plab mukofot va unvonlar sohibi.

Yangiliklar lentasi
0