Toshkent hokimligi suv bosgan ko‘chalar uchun aholidan uzr so‘radi

© Foto: Voditeli TashkentaPodtoplenie ulis Tashkenta
Podtoplenie ulis Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimligi xabariga ko‘ra, yomg‘ir-qor suvlarini tortib ketishga mo‘ljallangan shaharning drenaj-lotok tizimi tabiat injiqliklari oldida ojiz qolmoqda

TOShKENT, 14-may — Sputnik. Kuni kecha yoqqan kuchli yomg‘ir tufayli Toshkent ko‘chalarida katta ko‘lmaklar hosil bo‘lib, transport vositalari hamda aholining harakatlanishiga qiyinchiliklar tug‘dirdi.

© Foto: Voditeli TashkentaPodtoplennaya iz-za silnogo livnya ulitsa v Tashkente
Podtoplennaya iz-za silnogo livnya ulitsa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Podtoplennaya iz-za silnogo livnya ulitsa v Tashkente

Ayni kunda Toshkent shahar matbuot xizmatining yozishicha, yomg‘ir-qor suvlarini tortib ketishga mo‘ljallangan shaharning drenaj-lotok tizimi joriy holati tabiat injiqliklari oldida ojiz qolmoqda. "Buning uchun Toshkent shahar hokimligi shahrimiz aholisi va mehmonlaridan uzr so‘raymiz", — deb yozgan hokimlik.

Toshkent shahar va tuman hokimliklari rejasiga ko‘ra, bunyod etiluvchi barcha obyektlarini kuzatgan bo‘lsangiz, kommunikatsiyalari aniq o‘lchamlarda olinadi, binolarda barcha sharoiti yetarli bo‘lishiga erishilishdan tashqari, obodonlashtirish borasida ham zarur tadbirlar qilinadi. Ana shunda yomg‘ir suvlariga mo‘ljallangan quvurlar bo‘lishi va suv to‘planib qolishining oldini olish alohida inobatga olinadi. Boshqa tashkilot va fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorliklarda esa aynan shahar rejasiga ko‘ra qurilgan yuzlab yomg‘ir suviga mo‘ljallangan quvirlar ko‘mib yuborilgani kuzatilgan", — deyiladi xabarda.

Toshkent hokimligi aynan shunday o‘zboshimchaliklar oqibatida yog‘ingarchilik mavsumida ko‘p kishi aziyat chekishini ta’kidlab o‘tgan.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda hokimlik qoshida shahar drenaj-lotok tizimi obyektining haqiqiy holatini o‘rganish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi tuzilmoqda.

"Ishchi guruh tarkibiga tegishli tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, "Suvsoz" korxonasi va tashabbuskorlar shaxslar ekspert sifatida jalb qilinib, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqiladi va bajarilishi ta’minlanadi", — deb va’da qilgan hokimlik.

Yangiliklar lentasi
0