O‘zbekistonlik yosh futbolchilar qahramonona o‘yin ko‘rsatdi

© SputnikNa chempionate mira sredi detey-sirot "Budushee zavisit ot tebya"
Na chempionate mira sredi detey-sirot Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar qahramonona o‘yin ko‘rsatib yarim finalga chiqishdi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Rossiyada Jahon Chempionati oldidan bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida o‘tkazilayotgan “Kelajak sening qo‘lingda” jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Nepal ustidan g‘alaba qozonib yarim finalga chiqdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

© SputnikNa mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"
Na mejdunarodnom turnire po futbolu Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Na mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"

Bugun Moskvadagi Lokomotiv stadionining "Sapsan-Arena"  maydonida O‘zbekiston va Nepal orasida futbol o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yinda o‘zbekistonlik Ruslan Kotov ismli yosh futbolchi haqiqiy qahramonlik ko‘rsatdi, desak adashmaymiz. Raqib o‘yinchisi bilan to‘p uchun bo‘lgan shiddatli olishuvda Ruslanning oyog‘i jarohat oldi. Unga hatto shifokor yordami kerak bo‘ldi.

© SputnikNa mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"
Na mejdunarodnom turnire po futbolu Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Na mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"

O‘yin qoidasini buzgan raqib darvozasiga esa – penalti belgilandi. Undan yana bir o‘zbekistonlik yosh futbolchi Ruslan Karaxanyan unumli foydalana oldi. Natijada O‘zbekiston 2:1 hisobda oldinga chiqib oldi.

O‘zbekiston jamoasi ustozi Jamshid Asadov Ruslan Kotovga ko‘rsatgan o‘yini uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, uni mahkam quchoqlab osmonga ko‘tardi. Ushbu o‘yinni tomosha qilishga  O‘zbekiston elchixonasi vakillari ham tashrif buyurishgan edi.

© SputnikNa mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"
Na mejdunarodnom turnire po futbolu Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Na mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"

Eslatib o‘tamiz, oldingi o‘yinlarda O‘zbekiston jamoasi Rossiya ustidan g‘alaba qozonib, Pokiston bilan durang hisob ko‘rsatgan edi. Oldinda Burundi Respublikasi jamoasi.

© SputnikNa mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"
Na mejdunarodnom turnire po futbolu Budushee zavisit ot tebya - Sputnik O‘zbekiston
Na mejdunarodnom turnire po futbolu "Budushee zavisit ot tebya"

Yangiliklar lentasi
0