Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish tashabbusi ilgari surildi

© Publikaorden "Geroy Uzbekistana"
orden Geroy Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Mening fikrim” – jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish tashabbusi ilgari surildi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. O‘zbekistonda 20-apreldan ishga “Mening fikrim” – jamoaviy murojaatlar portalida Shavkat Mirziyoyevga “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berish tashabbusi e’lon qilindi.

IBROHIM NOROV ismli foydalanuvchining tashabbusi 69-s-p/18 raqami ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va u Oliy Majlis deputatlari nomiga yo‘llangan.

Xususan, murojaatnomada, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni damda “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangani aytib o‘tilgan va prezidentning barcha xizmatlariga hozircha yetarlicha baho berilmagani va munosib ravishda taqdirlanmagani ta’kidlangan.

Murojaatnomaning to‘liq matni bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni – O‘zbekiston Respublikasining oliy darajadagi mukofoti bo‘lib, u fuqarolarga davlat va xalq oldidagi qahramonona jasorat ko‘rsatish bilan bog‘liq xizmatlari uchun beriladi. Unvon Oliy Majlis tomonidan beriladi.

Bugungi kunga qadar "Oltin Yulduz" unvoni bilan O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov, shoir Abdulla Oripov, yozuvchi Erkin Vohidov, Said Ahmad va yana 30 dan ortiq fuqarolar taqdirlangan

Yangiliklar lentasi
0