O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan MISiS universiteti filiali ilk talabalarni qabul qiladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan "MISiS" MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan MISiS Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti filiali ish boshlaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri O‘zbekiston prezidentining qaroriga asoslanib.

Filialga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun beriladi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning beshta yetakchi oliygohi filiali ochiladi

Filialga 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriatning "Konchilik ishi" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 75 kishi, "Metallurgiya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 50 kishi, "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 25 kishi qabul qilinadi.

Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda "MISiS" MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Respublikaning ishlab chiqarish-sanoat tarmog‘i uchun muhim ilmiy- texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta’lim standartlari darajasida tayyorlash, metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish yangi oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Abituriyentlarni qabul qilish va filial bitiruvchilarining attestatsiyasi "MISiS" MTTU tomonidan O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan "MISiS" MTTUning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Yangiliklar lentasi
0