Adashib Sochiga borib qolgan o‘zbekistonlik otaxonlar izzat-ikrom bilan kutib olindi

© Ofitsialniy portal goroda SochiGruppa veteranov iz Uzbekistana po oshibke priletela v Sochi
Gruppa veteranov iz Uzbekistana po oshibke priletela v Sochi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik faxriylar Adlerdagi mehmonxonalardan biriga joylashtirilgan, Qora dengiz havosidan bahramand bo‘lishgan hamda poyezdda Kislovodskka kuzatib qo‘yilgan.

TOShKENT, 12-may — Sputnik. Moskvadan Kislovodskka uchishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonlik yetti nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi adashib Sochiga bilet olishgan. Bu haqda Sochi meriyasi matbuot xizmati xabar qildi.

"Ular adashishganini samoyotdan tushishganidan so‘ng tushunib qolishdi. Lekin vaziyatdan chiqish yo‘li tezda topildi", — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ular Moskvadagi bayram paradida ishtirok etganlaridan so‘ng Kislovodskdagi sanatoriyga borishlari kerak bo‘lgan. Ammo mehmonlar Sochiga bilet olishgan.

© Ofitsialniy portal goroda SochiGruppa veteranov iz Uzbekistana po oshibke priletela v Sochi
Gruppa veteranov iz Uzbekistana po oshibke priletela v Sochi  - Sputnik O‘zbekiston
Gruppa veteranov iz Uzbekistana po oshibke priletela v Sochi

— Faxriylar o‘zlarini uzoq kutilgan mehmonlardek his qilishlari uchun meriya tomonidan barcha choralar ko‘rildi. Mehmonlar uchun shahar bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, ularning Kislovodskka yetib olishlari ta’minlandi, — dedi Sochi meri o‘rinbosari Eduard Volkov.

O‘zbekistonlik faxriylar Adlerdagi mehmonxonalardan biriga joylashtirilgan, Qora dengiz havosidan bahramand bo‘lishgan hamda poyezdda Kislovodskka kuzatib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0