FVV sel xavfi haqida ogohlantirdi

© press-slujba MChS KRSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 12-17 may kunlari respublika bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 12-17 may kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljye orqali O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

"12-17 may kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 12-17 may respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15-20 m/s bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda esa kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq bo‘lishi kuzatiladi.

Yangiliklar lentasi
0