Botir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan ketdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Botir Parpiyev 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Botir Rahmatovich Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olinib, yangi vazifaga tayinlangan. Bu haqda "Xabar.uz" nashri xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Botir Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bugun, 11-may kuni u yangi jamoasiga tanishtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Botir Parpiyev 2004-yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0