Orenburgdagi koloniyadan o‘zbekistonlik mahkum qochib ketdi

© Sputnik / Valeriy MelnikovKoloniya-poselenie
Koloniya-poselenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U qasddan sog‘liqqa zarar yetkazishda ayblanib bir yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lgan

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Orenburgdagi 13-manzil-koloniyadan jazo muddatini o‘tayotgan o‘zbekistonlik 40 yoshli Otabek Allabergenov qochib ketdi.

"Navbatchilik qismi 10-may kuni mahkum Allaberganov Otabek Jumanazarovichning joyida yo‘qligini aniqladi", — deyiladi viloyat jazoni ijro etish federal boshqarmasi xabarida.

Urganchlik bu shaxs qasddan sog‘liqqa zarar yetkazishda ayblanib bir yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lib, u hibsga olinguniga qadar Orenburgda yashab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0