Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifini O‘zbekistondan 80ga yaqin jurnalist yoritadi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp
Prezidenti Uzbekistana i SShA - Shavkat Mirziyoyev i Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrif bilan boradi. Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan.

TOShKENT, 11-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan, deb ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov o‘zining Facebookdagi sahifasida.

"Tashrifni yoritish uchun O‘zbekistondan 80 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari jalb etilgan. Prezident Matbuot xizmati bu voqelik haqida batafsil axborot va media materiallar berib boradi. Tegishli masalalar bo‘yicha presidents_office@press-service.uz elektron pochta yoki ushbu sahifaga murojaat qilishingiz mumkin", — deb yozadi Allamjonov.

Shavkat Mirziyoyev 15-17 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga ilk rasmiy tashrif bilan boradi. Oq uy veb-saytida bu tashrif tarixiy deb atalgan.

Tramp Mirziyoyevni 2017-yil dekabrida bo‘lib o‘tgan telefon orqali o‘zaro muloqotda AQShga taklif qilgan edi. Mart oyida yo‘llagan maktubida esa O‘zbekiston prezidentining tashrifini "sabrsizlik bilan kutayotganini" ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0