Asakadagi avtozavod GMning yangi modellarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi

© GMAvtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshie modeli GM
Avtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshie modeli GM - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin yillarda GM Uzbekistan ikkita yangi model Tracker yo‘ltanlamasi va zamonaviylashtirilgan Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 11-may — Sputnik. GM Uzbekistan Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqarish jarayonlariga sifat integratsiya qilinganligini belgilab beruvchi BIQ-III (Built-In Quality) sertifikatini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

BIQ III sertifikatining berilishi avtozavodga GM global platformalaridagi barcha avtomobillarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Hozirda zavodda Chevrolet va Ravon brendlari ostida avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga avtomobil eksportini boshladi

"Bu so‘nggi uch yil davomida avtozavodda amalga oshirilgan va sifat talablarini to‘la bajarilishini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar natijasi bo‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida texnologik uskunalar to‘la modernizatsiya qilindi va ularning tarkibi yangilandi, GM kompaniyasining ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilgan yangi tizim va instrumentlari joriy qilindi, korxona hodimlari GM kompaniyasining Janubiy Koreya, Xitoy, Tayland, Hindistonda joylashgan zavodlarida o‘qib qaytishdi ", —deyiladi GM Uzbekistan xabarida.

Sertifikatni qo‘lga kiritish uchun 44 ta ko‘rsatkich bo‘yicha talablarga to‘la javob berish lozim. Tekshiruv General Motors korporatsiyasining Janubiy Koreya, Xitoy, AQSh va Hindistondagi mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi. Natijalar Asaka avtomobil zavodi ushbu standartlar bo‘yicha 100 foiz talabga javob berishini ko‘rsatdi (minimal daraja — 95,5%). Sertifikat GM International kompaniyasi vitse-prezidenti Fil Kinli tomonidan topshirildi.

© GM Avtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshie modeli GM
Avtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshie modeli GM  - Sputnik O‘zbekiston
Avtozavod v Asake poluchil vozmojnost proizvodit noveyshie modeli GM

Bugungi kunda Asaka avtomobil zavodida 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Zavodning umumiy maydoni 72 ga bo‘lib, yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Yaqin yillarda GM Uzbekistan ikkita yangi model Tracker yo‘ltanlamasi va zamonaviylashtirilgan Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0