TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi birgalikda 2018-yil 12-may kuni Toshkent shahrida "15-may Xalqaro oila kuni" munosobati bilan "Sog‘lom ayol — jamiyat boyligi" shiori ostida havaskor Xotin-qizlar o‘rtasida velotur bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi xabar qildi.
Veloturning qoidasiga ko‘ra musobaqada 18 dan — 30 yoshgacha, 31 yoshdan — 44 yoshgacha, va 45 yoshdan yukori ishtirokchilar qatnashadilar.
Velotur Toshkent shahar, Yashnabod tumanidagi Korzinka Aviator savdo majmuasidan "Mirzo Ulug‘bek" ko‘chasigacha, "Mirzo Ulug‘bek" ko‘chasidan "Taraqqiyot" ko‘chalari kesishgan joyidan Korzinka Aviator savdo majmuasigacha o‘tkazilishi belgilangan.
Ishtirokchi havaskor xotin-qizlar musobaqaga o‘z velosipedlari bilan qatnashishlari lozim.