Domodedovoda noqonuniy migratsiya bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi – video lavha

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonunbuzarlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi 1-qismi noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ularga 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Domodedovoda noqonuniy migratsiyani tashkil qilgan 3 nafar kelib chiqishi Markaziy Osiyo davlatlaridan bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Moskva viloyati IIV boshqarmasi matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, qonunbuzarlar 23-37 yoshdagi fuqarolarga noqonuniy muhojirlarga pul evaziga soxta hujjatlar tayyorlab, migratsion ro‘yxatdan o‘tishga yordam berib kelishgan.

"Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va yashash joyini tintuv qilish natijasida Rossiya hududida xorijiy fuqarolarini qonuniy asosda bo‘lishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan soxta hujjatlar, ko‘p miqdorda qalbaki muhrlar, shtamplar va noqonuniy faoliyatni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar borligi aniqlandi. Shuningdek, noqonuniy faoliyat ko‘rsatish natijasida olingan pul mablag‘lar aniqlandi", — deb ta’kidladi Moskva viloyati IIV BB matbuot xizmati boshlig‘i Tatyana Petrova.

Olib qo‘yilgan ashyolar ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi. Hozirgi vaqtda qonunbuzarlar hibsga olingan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 322-moddasi 1-qismi noqonuniy migratsiyani tashkil etish bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atildi. Ularga 7-yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0