TOShKENT, 10-may — Sputnik. Afg‘oniston poytaxtida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi va 23 nafar jarohatlandi.
Qabul shahrida politsiya uchastkasi yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi.
Portlash sodir bo‘lgan joyda otishma bo‘lganligi haqida xabarlar kelgandi. Bundan avval, bitta terrorchilik amal uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga oldi. Unda 2 kishi halok bo‘ldi va 2 kishi jarohatlandi.
Pajvak agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hujumlar Shaxri-nav va Dashti-Barchi tumanlarida sodir bo‘ldi. Ikkinchi hujum bo‘yicha javobgarlikni "Tolibon" harakati o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda RIA Novosti.