O‘zbekistonga Ukrainaning uch viloyati delegatsiyalari tashrif buyuradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUlitsa v tashkente
Ulitsa v tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar o‘tkazishi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qarshi va Buxorodagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan

TOShKENT, 10-may — Sputnik. 16-19 may kunlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga Ukrainaning Sum, Lvov va Xerson viloyatlari delegatsiyalari tashrif buyuradi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

"O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi tashabbusi bilan 16-19 may kunlari respublikaga Ukrainaning Sum, Lvov va Xerson viloyatlari delegatsiyalarining tashriflari tashkillashtirilmoqda", — deyiladi xabarda.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina aprelda xorijga eksport qilgan shakarning yarmidan ko‘pini O‘zbekiston oldi

Xabarga ko‘ra, viloyat ma’muriyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar Ukrainaning siyosiy-iqtisodiy, etnik-madaniy salohiyati taqdimotini o‘tkazishadi va bu tashrif ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Delegatsiyalar "O‘zbekiston neft va gazi" XXII xalqaro ko‘rgazmasi va anjumanida hamda "Energetika, energiya tejamkorligi, energiyaning muqobil manbalari, elektrotexnika jihozlari, axborot-o‘lchov texnikasi, kabellar" XIII xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishadi.

Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar o‘tkazishi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qarshi va Buxorodagi ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.

Samarqand viloyati hokimligi va Lvov viloyati ma’muriyati o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0