Toshkent hokimligi Olmazor sanoat zonasining 84%dan ortiq aksiyasiga ega bo‘ldi

© UZ24Xokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maydoni 82 ming kvadrat metr bo‘lgan sanoat zonasi "Oniks" aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilgan.

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi "Olmazor kichik sanoat zonasi" AJning 84,02% aksiyasini sotib oldi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

Maydoni 82 ming kvadrat metr bo‘lgan sanoat zonasi "Oniks" aksiyadorlik jamiyatining ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari negizida tashkil etilgan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Chilonzor, Uchtepa, Bektemir, Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida sanoat zonalari tashkil etilgandi.

Sanoat zonalarida ishlab chiqaruvchilarga turli ishlab chiqarish va savdo maydonlari 10-yil muddatga imtiyozli ijara shartlari asosida beriladi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev aprel oyi oxirida Rahmonbek Usmonov o‘rniga Toshkent shahri hokimi etib tayinlandi. Yangi hokim ish boshlaganining dastlabki ikki haftasi ichida general Sobir Rahimov haykali, "Xalqlar do‘stligi" yodgorligini avvalgi joyiga qaytarishga va poytaxtda daraxtlar ayovsiz kesilishiga chek qo‘yishga ulgurdi.

Yangiliklar lentasi
0